Kelasi yil issiqlik va issiq suv tariflari ikki marta oshiriladi

2025 yil issiqlik va issiq suv tariflari 2 marotaba oshiriladi. Bu haqda 2 dekabr kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Ilhom To‘rayev ma’lum qildi. Ilhom To‘rayevga ko‘ra, tarif narxlari joriy yil viloyatlarda bir marta, Toshkent shahrida esa ikki marta oshirilgan. Keyingi yildan esa tariflar viloyatlarda ham ikki marta oshiriladi. […]