Biz haqimizda

Korxona 1985 yilga qadar Direksiya ob’edineniy kotelnix (DOK) “Karshikommunteploenergo”  deb yuritilgan

Biz haqimizda

Qashqadaryo viloyat “Issiqlik manbai” Davlat unitar korxonasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi «Aksiyadorlik korxonalarida zamonaviy  korporativ boshkaruv  uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4720-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 2 iyundagi «Respublika Issiqlik ta’minoti tizimini yanada  takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  182-sonli  karori, Qashqadaryo viloyat hokimining 2016 yil 4 iyundagi X-271/06-sonli xati bilan Qashqadaryo viloyat «Issiqlik manbai»  aksiyadorlik korxonasi  aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining 2016 yil 5 iyuldagi  bayonnomasiga, hamda Qashqadaryo viloyati Qarshi shaxar xokimligi xuzuridagi  Tadbirkorlik sub’ektlarini ruo‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasi tomonidan 2016 yil 22-iyulda ro‘yxatga olingan (yangi taxrirdagi) Ustaviga asosan Qashqadaryo viloyati «Issiqlik manbai» aksiyadorlik korxonasi  Davlat unitar korxonasiga (DUK) aylantirildi.

Qashqadaryo viloyat “Issiqlik manbai”  Ochiq aksiyadorlik korxonasi aksiyadorlarning  navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining 2015 yil 8-yanvardagi 3-sonli  bayonnomasiga, hamda  Qarshi shahar xokimligi huzuridagi  Tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish  inspeksiyasi tomonidan  2015 yil 26 yanvardagi  ro‘yxatga olingan yangi tahrirdagi Ustaviga asosan  Qashqadaryo viloyat “Issiqlik manbai”  aksiyadorlik korxonasi deb nomlandi va rasmiylashtirildi.

photo_2024-08-06_11-36-03
38

Yillik katta tajriba

KORXONA FAOLIYATINING MAQSADI, VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

Korxonaning asosiy vazifalari:

  • Korxonaning markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimiga ulangan ko‘p xonadonli uylarda yashovchi aholi va tizimga ulangan tashkilotlarni issiq suv va issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta’minlaydi hamda yetkazib berilgan issiq suv va issiqlik energiyasi uchun belgilangan to‘lovlarni o‘ndirib boradi;
  • Yoqilg‘i-energetik resurslardan oqilona va tejamkor foydalanishni amalga oshiradi;
  • Korxona balansida bo‘lgan bug‘ qozonlarini, isitish qozonlarini, issiq suv quvurlarini ishlatilishini, joriy va kapital ta’mir qilinishini ta’minlash. Shartnoma asosida korxona va tashkilotlar balansidagi qozonxona va issiq suv quvurlariga texnik xizmat ko‘rsatadi;
  • Elevator uzellarini tayyorlaydi va o‘rnatib beradi;
  • Suv, gaz va issiq suv o‘lchagich asboblarini tuzatadi va o‘rnatib beradi;
  • Yangi tipdagi, modernizatsiya qilingan o‘t yondirg‘ichlarni tayyorlaydi va o‘rnatib beradi.
  • Ta’mir qilingan issiqlik manbai ob’ektlarini ishga tushirishni amalga oshiradi;
  • Korxonaning markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimiga ulangan ko‘p xonadonli uylarda yashovchi aholi va tizimga ulangan tashkilotlarning issiqlik energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanishi ustidan nazorat qiladi;
  • Korxona balansi va boshqa tashkilotlariga qarashli bo‘lgan qozonxonalar, issiqlik quvurlarini qurilishi va loyihalariga texnik shart beradi;
  • Korxona kelgusida qilinadigan ishlar va rivojlantirish rejasini ishlab chiqadi va yuqori tashkilotlarga taqdim qiladi;
  • Korxona ishchilarni muhofazasi bo‘yicha, texnika xafsizligi, yong‘in xavfsizligi va tozalikni saqlash bo‘yicha yangiliklarni ishlab chiqadi va yo‘lga qo‘yadi;
  • Korxonada buxgalteriya va statistika hisobotlarini to‘g‘ri yuritilishini ta’minlaydi;
  • Korxona ishchi va xizmatchilar malakalarini oshirish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshiradi;
  • Ishlab chiqarish va turar joy binolarini qurilishlari, bug‘ qozonlarini va isitish qozonlarini montaj qiladi, mukammal va joriy ta’mirlaydi, issiqlik uzatish tarmoqlarida qurilish, mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi;
  • Yordamchi ishlab-chiqarish xo‘jaliklarida mahsulotlarni ishlab chiqaradi;
  • Huquqiy va jismoniy shaxslardan naqd pulga, pul ko‘chirish yo‘li bilan bilan mollar, moddiy texnika resurslari, mahsulot sotib oladi;
  • Aholiga pullik xizmat ko‘rsatuvchi qo‘shimcha tarmoqlar ochadi;
  • Umumiy ovqatlanish shaxobchalarini tashkil qiladi;
  • Qurilish, ta’mirlash, santexnika, duradgorlik ishlarini amalga oshiradi va barcha turdagi transport vositalarini ta’mirlash ishlarini bajaradi;
  • Yengil avtomobillarga texnik (servis) xizmati ko‘rsatadi;
  • Avtomobil qismlarini tayyorlash, qayta tiklash va ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi;
  • Amaldagi qonunchilikka muvofiq eksport-import operatsiyalari;
  • Avtotransport vositalariga texnik-ekspertiza xizmat ko‘rsatish;
  • Tijorat-vosita ishlari bilan shug‘ullanish;
  • Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va sotish;
  • Filiallar va kichik korxonalar tashkil qilish;
  • Investorlarning moliyaviy mablag‘larini, huquqiy va jismoniy shaxslarning mulkiy va yarim mulkiy bo‘lmagan huquqlarini intelektual mulk ob’ektlarini jalb qilish;
  • Birja va birjadan tashqarida qimmatbaho qog‘ozlar bilan muomila qilish;
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida Korxonaga tegishli mulkni sotish, sotib olish va ijaraga berish;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Korxona ustavi va undan belgilangan maqsad va vazifalarga zid bo‘lmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish;
  • Korxona O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida inobatga olingan boshqa huquqlarga ham ega.
smiling-confident-mature-businessman-looking-at-ca-2023-11-27-05-12-02-SGGD6FN.jpg

“Issiqlik manbai” DUK ishlab chiqarish va turar joy binolarini qurilishlari, bug‘ qozonlarini va isitish qozonlarini montaj qiladi, mukammal va joriy ta’mirlaydi, issiqlik uzatish tarmoqlarida qurilish, mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi

Juraev Qaxramon Axmatovich

Korxona direktori

QOZONXONALAR

Bugungi kunda 10 ta qozonxona orqali Qarshi shahridagi 185 ta ko‘p qavatli uy 7561 ta xonadonlar markaziy isitish tizimiga ulangan..

1-sonli markazlashgan Lokal (RK-1)

markaziy qozonxonasi 2014 yil qurilgan bo‘lib, 2015 yilda foydalanishga topshirilgan .Qozonxonaning umumiy quvvati 6,9 Gkal/s bo‘lib, ulangan quvvati 5,3 Gkal/s. Qozonxona Qarshi shahar 1 va 2 mitti tuman hududida joylashgan 46 ta ko‘p qavatli uy 1882 xonadonlar ulangan.

Geologiya lokal qozonxonasi

2009 yil qurilgan bo‘lib, 2012 yilda foydalanishga topshirilgan .Qozonxonaning umumiy quvvati 2 Gkal/s bo‘lib, ulangan quvvati 1,4 Gkal/s. Qozonxonaga Geolog MFY hududida joylashgan 6 ta ko‘p qavatli uy 168 xonadonlar ulangan.

IIB xodimlari uyi lokal qozonxonasi

2019 yil qurilgan bo‘lib, 2019 yilda foydalanishga topshirilgan .Qozonxonaning umumiy quvvati 0,3 Gkal/s bo‘lib, ulangan quvvati 0,2 Gkal/s. Qozonxona Nuriston MFY hududida joylashgan 1 ta ko‘p qavatli uy 48 xonadonlar ulangan.

OUR VALUE

KORXONA FAOLIYATINING MAQSADI, VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

Korxona yuqorida ko‘rsatilgan faoliyat turlaridan tashqari o‘ziga qarashli bo‘linmalar, korxonalar ishini yaxshilash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash uchun qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa ishlarni ham bajarish mumkin;

Korxona faoliyati yuqoridan belgilangan faoliyat turlari bilan chegaralanmaydi. Korxona amaldagi qonunchilik va mazkur Ustavga zid bo‘lmagan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.

Amaldagi qonunlarga ko‘ra, maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olish talab etiladigan faoliyat turlari bilan litsenziya olgandan keyin shug‘ullanadi.

Korxonaning xo‘jalik va boshqa faoliyatni amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda nazorat qilish bilan bog‘liq masalalarda davlat organlarining aralashuviga yo‘l qo‘yiladi.