Qashqadaryo viloyati “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasining issiqlikenergiyasi narxlari (tariflari)ni tasdiqlash to‘g‘risida

kengash.gov.uz VII-3-018-4-0-K/24

XALQ DEPUTATLARI QASHQADARYO VILOYATI KENGASHINING Q A R O R I

2024-yil 2-dekabr VII-3-018-4-0-K/24 Qashqadaryo viloyati
Qashqadaryo viloyati “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasining issiqlikenergiyasi narxlari (tariflari)ni tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi 886-sonli Qonunining 13-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentabrdagi “Yoqilg‘i-energiya sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 475-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-yanvardagi 03/1-3480-sonli topshirig‘i hamda viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2024-yil 12-noyabrdagi 01-20-10/05-38/2947-sonli, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasining 2024-yil 15-oktabrdagi 01/02-4021-sonli, viloyat “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasining 2024-yil 21-noyabrdagi 72-sonli xatlarini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6- va 24- moddalariga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashi

QAROR QILADI:

1. Viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2024-yil 12-noyabrdagi 01-20-10/05-38/2947-sonli, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasining 2024-yil 15-oktabrdagi 01/02-4021-sonli, viloyat “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasining 2024-yil 21-noyabrdagi 72-sonli xatlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Qashqadaryo viloyatida issiqlik energiyasi xizmatlari uchun viloyat “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasi tomonidan taklif etilayotgan (QQS siz ) narxlar (tariflar) ilovaga muvofiq ma’qullansin.
3. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024-yil 30-maydagi VI-74-67-4-0-K/24- sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu qaror “Qashqadaryo” gazetasida e’lon qilinsin hamda viloyat hokimligining qashqadaryo.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
5. Tasdiqlangan tariflar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingandan keyin o‘n besh kun o‘tgach kuchga kirishi belgilansin.

6. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish va ijrosini ta’minlash xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi O.Ravshanov hamda viloyat hokimining o‘rinbosari M.Azizov zimmasiga yuklatilsin.

Kengash raisi XUSHMURODOVA
ISMIGUL BERDIMURODOVNA

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining
2024-yil 2-dekabrdagi
VII-3-018-4-0-K/24 -son qaroriga 1-ilova

Qashqadaryo viloyati “Issiqlik manbai” DUK tomonidan taklif etilgan issiqlik energiyasi xizmati uchun (QQS siz) narxlar (tariflar)
JADVALI
so‘mda
Amalda qo‘llanillayotgan tarif Yangi tarif darajasi
Aholi uchun markaziy isitish (1m2
uchun 1 oyga) Aholi uchun issiq suv ta’minoti (1 kishi
uchun 1 oyga)
Aholi uchun tarif (1Gkal uchun)
Yagona ulgurji tarif
(1 Gkal uchun) Aholi uchun markaziy isitish (1m2
uchun 1oyga) Aholi uchun issiq suv ta’minoti (1kishi uchun 1oyga)
Aholi uchun tarif (1Gkal uchun)
Yagona ulgurji tarif (1Gkal uchun)
1204 15155 69575 132400 1385 17427 80011 132400