Xodim mavjud manfaatlar to‘qnashuvi haqida o‘ziga ma’lum bo‘lgan paytdan boshlab 1 ish kuni ichida belgilangan shakldagi xabarnomani quyidagilardan biriga taqdim etishi shart:
▫️bevosita rahbariga;
▫️tashkilot rahbari bo‘lsa, yuqori turuvchi rahbarga;
▫️yoki maxsus bo‘linmaga.
Jumladan, quyidagi holatlarda manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar berilishi lozim:
— yaqin qarindoshi xodimning bevosita bo‘ysunuviga ishga qabul qilinganda;
— xodim faoliyatiga unga aloqador shaxs fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etilganda;
— xodim o‘ziga aloqador shaxslarga taalluqli masala bo‘yicha qaror qabul qilishda ishtirok etganda;
— uning yaqin qarindoshi tekshirilayotgan tashkilotda mas’ul shaxs bo‘lib ishlaganda;
— boshqa har qanday mavjud manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda.
Muhim: xabarnoma tegishli qaror qabul qilinishidan oldin taqdim etilishi kerak.
Manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va tartibga solish jarayonida olingan shaxsga doir ma’lumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
❗️Issiqlik ta’minoti sohasida korrupsiya holatlariga duch kelsangiz ishonch raqamimizga murojaat qilishingizni so‘raymiz: 71 207 02 53