Yangi ochilgan “Issiqlik ta’minoti” AJga rais tayinlandi

Hukumat qarori bilan Ilhom Habibullayevich To‘rayev “Issiqlik ta’minoti” AJ boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabar berdi. Tayinlovga qadar Ilhom To‘rayev Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish va ekspluatatsiya faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Issiqlik ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilishi […]

Ko‘p qavatli uylarni isitish yopiq tizimga o‘tadi. Bu qanday ishlaydi?

Ko‘p kvartirali uylar, maktab, bog‘cha va shifoxonalarni isitish ochiq tizimdan yopiq tizimga o‘tkaziladi. Bu orqali energoresurslar tejaladi, aqlli hisoblagichlar o‘rnatilishi evaziga suv harorati va bosimi aniq ko‘rinib turadi, jo‘mrak ochilganda issiq suv kelishini uzoq kutishga to‘g‘ri kelmaydi. Qurilish va uy-joy kommunal vazirligi Kun.uz’ga yopiq tizimning afzalliklari haqida ma’lumot berdi. 11 mart kuni “Uy-joy hamda bino-inshootlarni […]

Markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulanmagan ko‘p qavatli uylar uchun lokal qozonxonalar quriladi

O‘zbekistonda markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulanmagan 4 va undan yuqori qavatli ko‘p kvartirali uy-joylarning isitish tizimida lokal qozonxonalar qurish rejalashtirilyapti. Bu orqali xonadonlarning gazga talabini 20 foizga kamaytirish ko‘zda tutilgan. Kun.uz bu borada yuzaga kelgan ayrim savollar bilan kommunal xo‘jalik vazirligiga murojaat qildi. 11 mart kuni issiqlik ta’minoti sohasiga oid prezident qarori qabul qilindi. Hujjat keyingi 5 yilda […]

“Issiqlikta’minoti” AJ tashkil etiladi

“Issiqlikta’minoti” aksiyadorlik jamiyati tashkil etiladi. Bu haqda Prezidentning joriy yil 11 mart kuni qabul qilingan “Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi. Unga ko‘ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida “Issiqlikta’minoti” AJ tashkil etiladi hamda vazirlikka issiqlik ta’minoti sohasida yagona […]

Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor 1 aprelga qadar uzaytirildi

Mart oyida havo haroratining pasayishi va odatdagidan sovuqroq bo‘lishi kutilayotgani sababli imtiyoz muddati uzaytirildi. Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan 500 kubometrlik bazaviy me’yor 1 aprelga qadar uzaytirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Qonunchilikka ko‘ra, 1 martdan boshlab isitish mavsumida tabiiy gaz uchun joriy qilingan 500 kubometrlik bazaviy me’yor 100 kubometrga tushirilishi belgilangan edi. «Biroq, […]

Yangi quriladigan barcha kvartiralar markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulanadi — Qurilish vazirligi

Vazirlikning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, joriy yildan boshlab yangi ko‘p qavatli uylarning barchasi yo hududda mavjud qozonxonaga ulanadi, yoki alohida yangi qozonxonalar quriladi. Yangi Toshkentda qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarda esa isitish va sovitish uchun markazlashgan trigeneratsiya tizimidan foydalaniladi. 23 yanvar kungi prezident selektorida bu yil 135 mingta xonadonli ko‘p qavatli uylarni markazlashgan holda isitiladigan, ovqat pishirish […]

Qarshi shahrida yangi qozonxona ishga tushirildi (foto)

Shaharning «Buyuk Turon» mahallasida Prezidentning PQ-2010-sonli qarori asosida, joriy yilda mahalliy byudjet mablag‘i hisobidan zamonaviy markaziy qozonxona foydalanishga topshirildi. Loyihaga ko‘ra, 1-sonli qozonxonaga quvvati 1200 mVt bo‘lgan ikkita yuqori texnologiyali isitish qozonlari o‘rnatilib, 3,4 km uzunlikdagi issiqlik tarmog‘i tortildi. Ushbu markaziy tizim mahalladagi 10 ta ko‘p qavatli uylarni qamrab olish uchun mo‘ljallangan va ayni payt […]

Kelasi yil issiqlik va issiq suv tariflari ikki marta oshiriladi

2025 yil issiqlik va issiq suv tariflari 2 marotaba oshiriladi. Bu haqda 2 dekabr kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Ilhom To‘rayev ma’lum qildi. Ilhom To‘rayevga ko‘ra, tarif narxlari joriy yil viloyatlarda bir marta, Toshkent shahrida esa ikki marta oshirilgan. Keyingi yildan esa tariflar viloyatlarda ham ikki marta oshiriladi. […]

Qashqadaryo viloyati “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasining issiqlikenergiyasi narxlari (tariflari)ni tasdiqlash to‘g‘risida

kengash.gov.uz VII-3-018-4-0-K/24 XALQ DEPUTATLARI QASHQADARYO VILOYATI KENGASHINING Q A R O R I 2024-yil 2-dekabr VII-3-018-4-0-K/24 Qashqadaryo viloyati Qashqadaryo viloyati “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasining issiqlikenergiyasi narxlari (tariflari)ni tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi 886-sonli Qonunining 13-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentabrdagi “Yoqilg‘i-energiya sohasida bozor mexanizmlarini joriy […]

Агар  сизда газ, электр ёки сув билан муаммо бўлса керакли телефон рақамлари рўйхатини билиб олинг!

• 101 – ёнғин хавфсизлиги бўлими; • 102 – ички ишлар органлари; • 103 — тез тиббий ёрдам; • 104 — газ хизмати; • 1050 — қутқарув хизмати; • 1001 — об-ҳаво маълумотларини олиш; • 1054 — «Сувсоз»  рақами; • 1069/(78)140-19-19 — дори воситалари ёки дорихоналарни қидириш; • 1347 – иситиш ва иссиқ сув таъминоти […]