Qarshi shahrida yangi qozonxona ishga tushirildi (foto)

Shaharning «Buyuk Turon» mahallasida Prezidentning PQ-2010-sonli qarori asosida, joriy yilda mahalliy byudjet mablag‘i hisobidan zamonaviy markaziy qozonxona foydalanishga topshirildi.

Loyihaga ko‘ra, 1-sonli qozonxonaga quvvati 1200 mVt bo‘lgan ikkita yuqori texnologiyali isitish qozonlari o‘rnatilib, 3,4 km uzunlikdagi issiqlik tarmog‘i tortildi.

Ushbu markaziy tizim mahalladagi 10 ta ko‘p qavatli uylarni qamrab olish uchun mo‘ljallangan va ayni payt qozonxona orqali 8 ta ko‘p qavatli uyda joylashgan 320 ta xonadon issiqlik bilan ta’minlanmoqda.

Qolgan 2 ta ko‘p qavatli uyga ichki tarmoqlarni ulash ishlari olib borilmoqda.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov «Buyuk Turon» mahallasida bo‘lib, qozonxonaning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Viloyat hokimi xonadonlarga tashrif buyurib, issiqlik tizimining samaradorligi bilan qiziqdi. Shuningdek, viloyat rahbari aholi bilan suhbatda bo‘lib, ularni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan muborakbod etdi.