Qashqadaryo viloyati “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasining issiqlik energiyasi narxlari (tariflari)ni tasdiqlash toʻgʻrisida

XALQ DEPUTATLARI QASHQADARYO VILOYATI KENGASHINING Q A R O R I

2024-yil 30-may                   VI-74-67-4-0-K/24                                             Qashqadaryo viloyati

Qashqadaryo viloyati “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasining issiqlik energiyasi narxlari (tariflari)ni tasdiqlash toʻgʻrisida

 

Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi 886-sonli Qonunining 13-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentabrdagi “Yoqilgʻi-energetika resurslarining 2023-yil 1-oktabrdan kuchga kirgan yangi narxlari” toʻgʻrisidagi 475-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-yanvardagi 03/1-3480-sonli topshirigʻiga asosan hamda viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2024-yil 26-yanvardagi 01-20-10/05-38/206-sonli, 2024-yil 14-martdagi 01-20-10/05-38/657-sonli, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasining 2024-yil 8-apreldagi 01/02-1198-sonli, viloyat “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasining 2024-yil 19-martdagi 51-sonli xatlarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24- moddalariga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashi

QAROR QILADI:

  1. Qashqadaryo viloyati “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasining issiqlik energiyasi narxlari (tariflari) yuzasidan taqdimoti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
  2. Qashqadaryo viloyatida issiqlik energiyasi xizmatlari uchun Qashqadaryo viloyati “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasi tomonidan taklif etilayotgan (QQS siz )narxlar (tariflar) ilovaga muvofiq maʼ.
  3. Ushbu qaror “Qashqadaryo” gazetasida eʻlon qilinsin hamda viloyat hokimligining qashqadaryo.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
  4. Tasdiqlangan tariflar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingandan keyin o‘n besh kun o‘tgach kuchga kirishi belgilansin.
  5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal xo‘jaligi masalalari va aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Xalilov hamda viloyat hokimining oʻrinbosari M.Azizov zimmasiga yuklatilsin.

 

Kengash raisi                                                                     AZIMOV MUROTJON BERDIALIYEVICH

 

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2024-yil 30-maydagi
VI-74-67-4-0-K/24 -son qaroriga 1-ilova
Qashqadaryo viloyati “Issiqlik manbai” DUK tomonidan taklif etilgan issiqlik energiyasi xizmati uchun (QQSsiz) narxlar JADVALI
 

 

 

 

T/r

 

 

 

Korxona nomi

 

 

 

Oʻlchov birligi

Amalda qoʻllanilayotgan tarif Yangi tarif darajasi
Aholi uchun markaziy isitish (1m2

uchun 1 oyga)

Aholi uchun issiq suv taʼminoti (1 kishi

uchun 1 oyga)

 

Aholi uchun ta rif

(1 Gkal uchun)

 

 

Yagona ulgurji tarif

(1 Gkal uchun)

Aholi uchun markaziy isitish (1m2

uchun 1 oyga)

Aholi uchun issiq suv taʼminoti (1 kishi uchun

1 oyga)

 

Aholi uchun tarif

(1 Gkal uchun)

 

 

Yagona ulgurji tarif

(1 Gkal uchun)

 

 

1

 

Viloyat “Issiqlik manbai” DUK

 

 

So‘m

 

 

1 047

 

 

13 178

 

 

60 500

 

 

90 850

 

 

1 204

 

 

15 155

 

 

69 575

 

 

132 400