Yangi ochilgan “Issiqlik ta’minoti” AJga rais tayinlandi

Hukumat qarori bilan Ilhom Habibullayevich To‘rayev “Issiqlik ta’minoti” AJ boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Tayinlovga qadar Ilhom To‘rayev Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish va ekspluatatsiya faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Issiqlik ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.

  • “Issiqlikta’minoti” AJga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
  • tarkibidagi tashkilotlarning tarif siyosatini yuritish;
  • operasion samaradorlikni oshirish, raqamlashtirish, kadrlar malakasini oshirish;
  • davlat-xususiy sheriklik loyihalarini muvofiqlashtirish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • loyihalar doirasida belgilangan samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) ijrosini monitoring qilish;
  • “Issiqlikta’minoti” AJ huzurida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi buyurtmachi xizmatini tashkil etish;
  • injiniring kompaniyasining nizomini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.
  • Qalampir.uz